Ucell kompaniyasi “Sharq taronalari” festivalining aloqa hamkoriga aylandi
Samarqand — dunyoning eng qadimiy shaharlaridan biri, tarixiy So‘g‘diyona davlati markazidir. Bugungi kunda shahar O‘zbekiston va dunyo o‘rtasidagi ko‘prikka aylanib, Registon maydonini yana bir marta “Sharq taronalari” X xalqaro musiqa festivalini o‘tkazish uchun taqdim etdi.
TeliaSonera Kompaniyalari Guruhiga kiruvchi va O‘zbekiston bozorida aloqa xizmatlarini taqdim etuvchi Ucell kompaniyasi mamlakat madaniy merosi va qadriyatlarini faol ravishda qo‘llab-quvvatlaydi. Joriy yilda Ucell “Sharq taronalari”ning aloqa hamkoriga aylandi.
Festival va Ucell kompaniyasining o‘xshash jihatlari ko‘p. Festival turli davlat xalqlarining ma’naviy olamini aks ettiradi, Ucell ham xuddi festival kabi odamlarni tinchlikka, do‘stlikka va madaniy aloqaga chorlaydi. Yil sayin uning ko‘lami, ishtirokchilari soni ortib bormoqda. Joriy yilda dunyoning 65 dan ortiq davlatidan artistlar, bundan tashqari, mahalliy va chet el OAVlari vakillarining tashrif buyurishi kutilmoqda.
Ucell kompaniyasi O‘rta Osiyo mintaqasidagi ushbu jozibali musiqiy voqelikka rang-baranglik baxsh etish maqsadida bir qator tashabbuslarni tayyorlab qo‘ygan.
2015-yil 20-avgustdan 2015-yil 9-sentabrgacha bo‘lgan davrda Ucell kompaniyasi faqat festival mehmonlari va ishtirokchilari uchun “Sharq Taronalari” tarifini ishga tushirdi. Ushbu tarifga ulanganlar O‘zbekiston bo‘yicha 500 daqiqa va 50 ta SMS, xalqaro qo‘ng‘iroqlar uchun 50 daqiqa hamda 500 Mb internet-trafigiga ega bo‘ladi.
Ucell kompaniyasi haqi oldindan to‘lanadigan paketlarga ulangan abonentlari uchun ijtimoiy tarmoqlarda tanlov o‘tkazdi. G‘oliblar bayramona Samarqandga tashrib buyurib, 29—30-avgust kunlari Registon maydonidagi chiqishlarning guvohiga aylanadi.
Kompaniya, shuningdek, festival qatnashchilari uchun Ucell’ning “His-tuyg‘ularga eng boy va unutilmas chiqish” nominatsiyasi bo‘yicha diplom va esdalik sovg‘alari ko‘rinishida maxsus mukofotlarni tayyorlab qo‘ydi.
“Biz xuddi Festival kabi muloqot va madaniy almashuv ko‘prigi hisoblanamiz. Va biz, albatta, Ucell katta musiqiy forumning kichik bir bo‘lagiga aylanganidan xursandmiz. Festival hamkori sifatida o‘z kommunikatsiya sovg‘amizni taklif qildik. Mehmonlar va ishtirokchilar qulayligi uchun onlayn rejimida chet eldagi do‘st va qarindoshlar bilan yorqin taassurot va rang-barang lahzalarni bo‘lishish imkonini beruvchi ‘Sharq taronalari’ maxsus tarifi ishlab chiqildi. Mehmonxonalarda Ucell mobil operatorlari ishaydi, ular maxsus tarifga ulaydi va kompaniya xizmatlari haqida o‘z vaqtida axborot beradi. Biz mamlakat nufuzini xalqaro darajada oshirib, O‘zbekiston boyligini boshqa mamlakatlar xalqlariga ko‘rsatib berishga hissa qo‘shishdan benihoya mamnunmiz”, — deya Ucell’ning festivaldagi ishtirokini izohladi Ucell Korporativ kommunikatsiyalar departamenti direktori Rodika Verbenyuk.
“Sharq taronalari” har ikki yilda bir marta o‘tkaziladi. U eng muhim tadbirlardan biri bo‘lib, an’anaga ko‘ra, asosiy voqealar qadimiy shaharning qoq markazi — Registon maydonida bo‘lib o‘tadi. O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 24 yilligi arafasida barcha xalqaro mehmonlar uchun O‘zbekiston xalqining madaniy-ma’naviy merosi ko‘z-ko‘z qilinadi, “Sharq xalqlari musiqiy madaniyatining mushtarakligi” mavzusida xalqaro ilmiy-nazariy anjuman o‘tkaziladi.
Festival chog‘ida o‘zbek milliy liboslari, milliy musiqiy asboblar, art-bozor ko‘rgazmalari tashkil etiladi. Festivalning o‘zi besh kun davom etadi, u katta gala-konsert bilan yakunlanadi, unda tanlov g‘oliblari qatnashadi. Ushbu ulkan musiqiy shou Sharq o‘rta asr me’morchilik obidalari bilan o‘ralgan Registon maydonida ochiq osmon ostida o‘tkazilib, har safar butun dunyodan ko‘p sonli kishilarni to‘playdi va ajoyib akustikasi, eng yaxshi bezaklari, qiziqarli ko‘rgazmalari va ko‘plab ishtirokchilari bilan hayratda qoldirishdan to‘xtamaydi.
Reklama huquqi asosida