O‘zbekistondagi shou-biznes sayti asossiz haqoratlar uchun Shahzoda Muhamedovani sudga berdi
Aktrisa Shahzoda Muhamedova shok.uz saytini uning obro‘sini to‘kuvchi maqola yozishda ayblagach, sayt xodimlari uni sudga berdi, deya xabar qilmoqda “12news.uz” “Darakchi” gazetasiga tayanib.
“Takror aytamanki, saytga joylangan anonim maqolaning Shahzoda Muhamedova aloqador joyi yo‘q. Aktrisa nima uchundir bu maqola o‘zi haqida deb o‘ylayapti. Eng yomoni shundaki, aktrisa bizni eng beadab so‘zlar bilan haqoratladi”, — dedi sayt ishchisi Oybek. U gazetaga Shahzoda Muhamedova sayt ishchilariga qarata yozgan SMS-xabarlarni va u bilan bo‘lgan telefon suhbatlari yozuvlarini taqdim etgan. “Ularni ko‘rib, ‘nahotki bu biz bilgan Shahzoda Muhamedova bo‘lsa?’ — deya hayratda qoldik”, — deyiladi gazeta xabarida. Shu tariqa, avval aktrisa saytni sudga bergan bo‘lsa, endi sayt xodimlarni asossiz haqoratlagani uchun Shahzoda Muhamedova ustidan sudga shikoyat qildi. Eslatib o‘tamiz, aktrisa Shahzoda Muhamedova uni “o‘ynash”ga chiqargan shok.uz saytini sudga bermoqchi ekanligini ma’lum qilgandi. Ammo sayt tahririyati “Aktrisani ajrashgan eriga, bankir bilan yurgan boshqa aktrisa o‘ynash bo‘lib oldi” nomi ostida chop qilingan maqola Shahzoda Muhamedova haqida emasligini isbotlovchi dalillari borligini bayon qilgan.