Ozod Shamsning “Yetti olam” filmi premyerasi 12-sentabrda bo‘ladi
Yosh rejissor Ozod Shamsning navbatdagi “Yetti olam” deb nomlangan filmi katta ekranlarga chiqish arafasida, deya xabar bermoqda “PopCorn.uz”.
Film premyerasi 12-sentabr kuni o‘tkazilishi rejalashtirilgan. “13-sentabrdan yurtimiz kinoteatrlarida filmni tomosha qilish imkoniga egasiz”, — deyiladi sayt xabarida.
“Yetti olam” kartinasining bosh qahramonlari obrazini aktrisa Zarina Nizomiddinova va Alisher Usmonov yaratgan.
Filmda, shuningdek, Muhammadiso Abdulxairov, Murod Rajabov, Sitora Alimjonova, Oydin Yusupova, Aziza Begmatova, Habibullo Nizomov, Umid Iskandarov, Rajab Adashev, Zuhra Soliyeva kabi aktyorlar ham qatnashgan.
Читать также
Комментарии (0)