Farrux (Mango): Dilso'z bir umr qo'shiq aytadi, chunki...
<
Dilso’z bilan bo’lib o’tgan intervyuyimizdan so’ng ularning munosabatidan ko’pchilik xabardor bo’ldi. Biz esa aynan shu mavzuda Farrux bilan yuzlashdik.
-Farrux Dilso’z bilan ancha yillardan buyon tanish ekansiz, buni qarangki, bugungi kungacha munosabatlaringizni sir saqlab kelibsiz?
-Ha, Dilso’z bilan ancha yillardan buyon tan ishmiz. Muhabbat qissamizga esa 7 yil bo’ldi. Shu yillar mobaynida bir-birimizni yanada chuqurroq o’rgandik. Yetti yil ichida bir—birimizga ko’ngil qo’yib, sevib, sinashib oxiri turmush qurishga qaror qildik. Bu haqiqiy sevgi bo’lsa kerak. Mana Vaqti soati yetgan ekan munosabatlarimiz haqida barcha xabar topti deb o’ylayman. To’yni 21-aprelga belgiladik.
-To’ydan keyin rafiqangizni ijodiga qanday qaraysiz?-Dilso’z umrining oxirigacha qo’shiq aytadi. Chunki, uni o’zim shu sohaga olib kirganman. Navoiyda o’qib yurgan kezlarimiz avval men Toshkentga keldim. Ijodimni boshladim. Keyin Dilso’zni olib keldim. Shundan so’ng Sardor Rahimxon o’tkazgan kastingda ishtirok etdi va ijodiy faoliyatini boshladi. Agar to’ydan keyin ijod qilishini xohlamaganimda umuman bu sohaga olib kirmasdim. Qolaversa, biz hamkasbmiz, sohamizni yaxshi tushunamiz. Shuning uchun bir-birimizni shu kungacha tushunib kelganmiz. Bundan keyin ham shunday bo’lib qoladi.
-Sizlarga oilaviy baxt va shirin hayot tilab qolamiz. Baxtli bo’ling!
Читать также
Комментарии (0)